Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qonunga ko‘ra, 5 aprel — Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.