O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha prezident maslahatchisiga o‘rinbosarlik qiladi.

Ma’lumot uchun Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil «Mehnat shuhrati» ordeni, 2018 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

F.Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.