11 sentyabr kuni soat 07:15 da (Moskva vaqti bilan) Orlovsk viloyati Orlovsk tumani M-2 «Qirim» avtoyo‘lining 322- kilometrida 403- marshrutda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobusi (O 66 KU 57 RUS) bilan Nexia rusumli yengil avtomobilining (V 120 VA 116 RUS) to‘qnashuvi sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV Rossiya FVV ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Yo‘l transport hodisasi natijasida voqea joyida Nexia avtomobilida bo‘lgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafari turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yengil avtomobil haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan.

Halok bo‘lganlar:

  • Raxmonov Moxmirza Oymirzayevich (1986 y. t.) — Andijon viloyati Izboskan tumani Guliston Chek ko‘chasi 25-uy manzilida istiqomat qilgan;
  • Gaziyeva Malikaxon Xabibulayevna (1983 y. t.) — Andijon sh., Qo‘shariq mavzesi-91 manzilida yashagan.

Jabrlanuvchi (haydovchi):

O‘rinboyev Komoliddin Muklimenovich (1989 y. t.) — Andijon viloyati Jalaquduq tumani Oq echki ko‘chasida istiqomat qilgan.