25 avgust kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashagan R.T. qorin qismidagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 26 avgust kuni vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 24 avgust kuni marhum R.T.ning shu qishloqda yashovchi akasi K.T. uyida o‘zaro janjal oqibatida uning qorniga qaychi bilan jarohat yetkazganligi aniqlangan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, K.T. qo‘lga olingan.