O‘zbekistonda 1 yanvardan ta’lim, sport va diniy muassasalardan 200 metr masofada joylashgan savdo ob’ektlarida (hozirda bu masofa 500 metrni tashkil etadi) alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. bu haqda «O‘zsharobsanoat» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilib, muhokama uchun e’lon qilingan O‘zbekiston prezidentining «Alkogol va tamaki sohasini rivojlantirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasida so‘z boradi.

«O‘zsharobsavdo"ning birinchi loyihasida masofani 100 metrgacha qisqartirish taklif etilgan edi. Bundan tashqari, hujjatda faqatgina alkogol savdosiga to‘xtalgan edi. Loyihaga qoldirgan izohlarda odamlar rejalashtirilayotgan yangilikdan norozi ekanini bildirgan bo‘lsa, «Gazeta.uz» so‘rov o‘tkazgan mutaxassislar taklifni «orqaga qadam» deb atadi.

Loyihada umumiy maydoni 100 kv. m dan oshuvchi yirik savdo nuqtalari hamda yarmarka pavilonlari, shuningdek ulgurji savdo bozorlarida alkogol va tamaki mahsulotlarini chakana sotishga ruxsat berish ham mo‘ljallanmoqda.

Hujjatda qo‘shimcha ravishda mamlakat hududiga alkogol mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash ham ko‘zda tutilgan.