Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 69 kg vaznda musobaqad ishtirok etayotgan og‘ir atletikachi Doston Yoqubov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobda 331 kg tosh ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan Doston KXDR vakilidan 5 kg kamroq natija ko‘rsatgan holda, ikkinchi o‘ringa ega chiqdi.

O‘zbekiston sportchilari ayni paytga qadar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.