BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan 81 yoshda vafot etdi. Bu haqda BMTning migratsiya ishlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti Twitter orqali ma’lum qildi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

«Bugun biz buyuk inson va yetakchi — BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annandan ayrilganimizdan qayg‘udamiz», — deyiladi tashkilot xabarida.

Kofi Annanning mikroblogida ham oilasi va fondi nomidan xabarnoma chiqdi. Unda aytilishicha, sobiq bosh kotib 18 avgust kuni uzoq davom etmagan xastalikdan so‘ng yaqinlarida davrasida vafot etgan.

Annan oilasi motam vaqtida ularni bezovta qilmasliklarini so‘ragan. Sobiq bosh kotibni qayerga ko‘mishadi va marosimning qachon o‘tkazilishi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Kofi Annan 1938 yilning 8 aprelida keyinchalik Gana tarkibiga qo‘shilgan Oltin Qirg‘oq britaniya koloniyasida tug‘ilgan. U o‘z vatanida, AQSH va Shveysariyada tahsil oldi. Talabalik vaqtidayoq BMTda ishlay boshladi — dastlab Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotida, keyinchalik boshqa yo‘nalishlar faoliyat ko‘rsatdi. Shuningdek BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasini boshqardi.

1997 yilning 1 yanvarida Annan BMT bosh kotibi bo‘ldi, 2001 yilning 29 iyunida esa uni ikkinchi muddatga saylashdi.

Umrining oxirgi yillarida Annan shtab kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lgan o‘zi nomidagi fondni boshqarib kelayotgandi.