Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ilk marotaba mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqladi. Bu haqda inspeksiya o‘zining Facebook-sahifasida ma’lum qildi.

Oliy ta’lim muassasalari reytingi rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublari o‘rganilgan holda 23 ta indikator asosida baholandi.

Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kuchli 10 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:

1. O‘zbekiston milliy universiteti

2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

5. Samarqand davlat universiteti

6. Toshkent tibbiyot akademiyasi

7. Toshkent davlat stomatologiya instituti

8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9. Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti

10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Reytingda quyi pog‘onani egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:

48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

49. Navoiy davlat pedagogika instituti

50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

51. Qarshi davlat universiteti

52. Jizzax politexnika instituti

53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

54. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

55. Milliy rassomchilik va dizayn instituti

56. Jizzax davlat pedagogika instituti

57. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.


Bundan tashqari, ijtimoiy-gumanitar, texnika, texnologiya, qurilish, san’at, madaniyat va sport hamda tibbiyot sohalari bo‘yicha ham reytinglar shakllantirildi.