1 iyuldan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasi 22 iyun kuni shu haqdagi qarorni e’lon qildi.

Quyidagi tovarlarni oyiga 1 donada bojxona to‘lovisiz olib o‘tish mumkin:

  1. Sovutgich
  2. Muzlatgich
  3. Konditsioner
  4. Kir yuvish mashinasi
  5. Chang yutgich
  6. Gaz plitasi
  7. Elektr plita
  8. Televizor
  9. Mikroto‘lqinli pech
  10. Duxovkali pech
  11. Elektr go‘sht qiymalagich
  12. Dazmol
  13. Fen
  14. Oshxona kombayni
  15. Telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefoni
  16. Kompyuter texnikasi
  17. Printer va ko‘p funksiyali ofis qurilmasi
  18. Planshet kompyuter
  19. Noutbuk
  20. Oshxona idishi

Har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy og‘irlik 10 kg dan oshmasligi kerak.

Ro‘yxatda qayd etilgan har qanday tovar belgilangan norma va davriylikdan ortiq olib o‘tilganda o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.