O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 14 iyun kuni Moskva shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot qotibi Komil Allamjonov o‘zining Facebook-sahifasida xabar qildi.