O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Ichan qal’a"ni tomosha qildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.Davlat rahbarlari Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Prezidentlar buyuk turkman shoiri Maxtumquli tahsil olgan Sherg‘ozixon madrasasini ham kirib ko‘rdi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov «Ichan qal’a» yaqinidagi Nurillaboy tarixiy majmuasini tomosha qildi.

Ushbu qadimiy saroy rekonstruksiya va restavratsiya qilingan. Badiiy galereya, qabullar uyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy oshxona barpo etilgan.