O‘zbekistonlik bokschilar neft mamlakatlari XV Jahon kubogida bitta oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

22-27 noyabr kunlari Rossiyaning Xanti-Mansiyskiy avtonom okrugida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Mo‘g‘iliston, Polsha, Shvetsiya, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova va Rossiyadan 100 nafar sportchi ishtirok etdi.

Chapdan o‘ngga: Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldarov, Hasanboy Do‘smatov, Ziyatdinbek Toygonbayev, Jasurbek Latipov, Sanjar Tursunov.

Jahon vitse-chempioni, Osiyo va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov 52 kg gacha vazn toifasida ringga chiqib, finalda rossiyalik Rasul Jaayev ustidan g‘alaba qozondi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Sanjar Tursunov.

Iqboljon Xoldarov (64 kg gacha), Isroil Madrimov (75 kg gacha) va Sanjar Tursunov (91 kg gacha) esa kumush medal bilan cheklandi.

Iqboljon Xoldarov (o‘ngda).

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan keyingi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ziyatdninbek Toygonbayev.

Murabbiylik shtati tarkibidan Ravshan Xodjayev va Ziyatdninbek Toygonbayev o‘rin egallagan bo‘lsa, hakam sifatida Hamid Tursunov faoliyat olib bordi.