Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun 12 noyabr kuni Al-Aynga yetib keldi.

Yakshanba kuni futbolchilar «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida «Al-Ayn» PFK stadionida birinchi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

13 noyabr kuni taktik tayyorgarlik hamda terma jamoaning ikkinchi mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

BAA terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da «Xalifa Bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yin uchun Ro‘ziqul Berdiyev 23 o‘yinchidan iborat tarkibni shakllantirdi. Ular orasida xorijiy klublarda to‘p surayotgan futbolchilar yo‘q. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lg‘usi o‘yinda yosh futbolchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

BAAga qarshi o‘yin ishtirokchilarining to‘liq tarkibi

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Sanjar Quvvatov («Nasaf»), Javoxir Ilyosov («Mash’al»);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Sherzod A’zamov («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Nasaf»), Farruh Sayfiyev («Nasaf»), Islomjon Qobilov («Bunyodkor»), Akromjon Komilov («Bunyodkor»), Shuhrat Muhammadiyev («Lokomotiv»);

Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Vladimir Kozak («Paxtakor»), Odiljon Hamrobekov («Nasaf»), Jasur Yaxshiboyev («Paxtakor»), Azizjon G‘aniyev («Nasaf»), Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912»), Dostonbek Hamdamov («Bunyodkor»), Azizbek Turg‘unboyev («Navbahor»), Sardor Mirzayev («Lokomotiv»), Bahrom Abdurahimov («Nasaf»);

Hujumchilar: Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Ivan Nagayev («Buxoro»).

Video


Foto