30 oktyabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Samarqand-Istanbul-Samarqand» muntazam havo aloqasini boshladi. Reys har dushanbadan, 16 noyabrdan esa payshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

Endilikda Samarqand viloyati aholisi Istanbulga Toshkent orqali emas, balki viloyat markazidan uchishlari mumkin.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar deyarli darhol sotib bo‘lindi, deya xabar qildi MAK matbuot xizmati. Boeing 757 layneri bortidagi 177 yo‘lovchi bilan «Samarqand» aeroportidan tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.

Samarqanddan Istanbulga reyslar quyidagi jadval asosida Boeing va Airbus samolyotlarida amalga oshiriladi:

dushanba kunlari:

  • HY 275 Samarqand-Istanbul — uchish 20:00, qo‘nish 23:00 da;
  • HY 276 Istanbul-Samarqand — uchish 00:30 (+1), qo‘nish 6:45da.

payshanba kunlari:

  • HY-275 Samarqand-Istanbul — uchish 18:55, qo‘nish 20:55 da.
  • HY-276 Istanbul-Samarqand — uchish 22:25, qo‘nish5:40 (+1)

Barcha punktlardagi vaqtlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.

Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi MAK reyslari miqdori o‘zgarishsiz qoldi.