«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi 5 oktyabrdan O‘zbekistondan jo‘natiladigan posilkalar vaznining cheklangan miqdorini 10 kilogramga oshirdi.

Pochta operatori saytida xabar qilinishicha, bir dona xalqaro pochta jo‘natmasining ruxsat berilgan eng og‘ir vazni endilikda 20 kilogramm o‘rniga 30 kilogramni tashkil etadi.

25−30 kilogramlik jo‘natma uchun to‘lov tayinlangan mamlakatdan kelib chiqqan holda yer usti transporti uchun 165−443 ming so‘mni tashkil etsa, havo transporti uchun 187−543 ming so‘mgacha bo‘ladi.