Seshanba kuni Meksika janubidagi Puebla-de-Saragosa shahri yaqinida 7,1 ballik kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Meksika avariya-qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida 220 nafardan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi, ko‘plab binolar vayron bo‘ldi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Kuchli yer osti silkinishi mamlakat poytaxti Mexikoda ham qayd etildi, shaharda favqulodda holat e’lon qilindi. Xalqaro aeroport va Meksika kongressi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Uyali aloqa faoliyatida uzilishlar kuzatildi.

Mexiko aeroportidagi holat. Foto: twitter.com/jorge_guajardo.

Mamlakat bo‘ylab 4,5 milliondan ziyod kishi vaqtincha elektr ta’minotisiz qoldi.

Bu so‘nggi vaqtlarda Meksikada kuzatilgan ikkinchi yirik zilziladir. 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan zilzila natijasida 200 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan edi.