13 sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatda o‘z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ikki tomon kun tartibi yuzasidan fikr almashish davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar an’anaviy va dinamik rivojlanayotgani qayd etildi.

Vazir elchining O‘zbekistondagi to‘rt yillik muvaffaqiyatli faoliyati va hamkorlikning mustahkamlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta’kidladi. Elchi O‘zbekistondagi vazifasini ijro etishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.