18−20 avgust kunlari Bildirsoyda (Toshkent viloyati) qoyaga ko‘tarilish sporti bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Alpinizm va qoyaga ko‘tarilish federatsiyasidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, musobaqada Toshkent va Chirchiqdan 13−18 yoshdagi 39 sportchi ishtirok etdi. Qatnashchilar barcha yosh toifalarida ikki yo‘nalish: qiyinlik va tezlik bo‘yicha o‘zaro bellashdi.


Video: Konstantin Gomer / «Gazeta.uz»