24−31 iyul va 1−2 avgust kunlari O‘zbekiston bo‘ylab +37…+42 daraja issiq havo hukmronlik qiladi, deb xabar berdi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi.

25 iyul kuni uchun ob-havo bashorati

24 iyul 20:00 dan 25 iyul 20:00 gacha

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3−8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22−24, kunduzi 38−40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23−28, kunduzi 39−44 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24−29, cho‘l hududida 30−32, kunduzi 39−44 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20−25, kunduzi 37−42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24−29, kunduzi 39−44 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5−10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20−25, kunduzi 35−40 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15−20, kunduzi 27−32 daraja issiq bo‘ladi.