O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 17 iyuldagi qarori bilan mamlakatda yer usti analogli teledasturlarni to‘xtatish jadvali tasdiqlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi.

Jadvalga muvofiq, yer usti analogli teledasturlarni to‘xtatish yanvar oyidan boshlanib, kelgusi yilning oxiriga qadar yakunlanishi lozim.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va yapon banklari kreditlari jalb etilgan holda amalga oshirilayotgan yer usti raqamli dasturlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida 2017 yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonning barcha aholi punktlari raqamli teledasturlar bilan qamrab olishini lozim. Buning uchun 90 ta kuchli va 404 ta kichik quvvatli raqamli teledastur uzatkichlari majmualari ishga tushiriladi.

Uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari xorijiy sun’iy yo‘ldosh operatorlari sun’iy yo‘ldosh segmentini ijaraga olish orqali davlat teleradio dasturlar bo‘yicha hammabop ijtimoiy paket bilan ta’minlanadi.

Prezidentning 13 fevraldagi qarori bilan 2017—2021 yillarda «O‘zeltexsanoat» kompaniyasi korxonalarida 5 million dona raqamli teleqabulqilgichni yig‘ish va ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mamlakat tijoriy banklariga «Mahalla» xayriya jamg‘armasini jalb etgan holda aholiga, jumladan kam ta’minlangan aholi qatlamlari va nafaqaxo‘rlarga televizorlar va raqamli televideniye signallarini qabul qilish qurilmalarini xarid qilish uchun imtiyozli iste’mol kreditlarini taqdim etishni kengaytirish tavsiya qilindi.

2018 yilda yer usti analogli teledasturlarni to‘xtatish jadvali

(qavs ichida — uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari uchun)

  1. Andijon viloyati — 15 yanvar (iyul);
  2. Namangan viloyati — 15 yanvar (iyul);
  3. Toshkent viloyati — 15 yanvar (iyul);
  4. Farg‘ona viloyati — 15 yanvar (iyul);
  5. Sirdaryo viloyati — 15 aprel;
  6. Jizzax viloyati — 15 may (avgust);
  7. Samarkandskaya oblast — 1 iyunya (avgust);
  8. Buxoro viloyati — 15 iyun (sentyabr);
  9. Navoiy viloyati — 15 iyun (sentyabr);
  10. Xorazm viloyati — 1 iyul (oktyabr);
  11. Toshkent — 15 iyul;
  12. Qoraqalpog‘iston — 10 sentyabr (noyabr);
  13. Surxondaryo viloyati — 5 noyabr (oktyabr);
  14. Qashqadaryo viloyati — 5 dekabr (oktyabr).