O‘zbekiston suv ta’minoti ham gaz va elektr ta’minoti ortidan kommunal xo‘jalik sohasida yagona billing tizimiga ulanadi. Bu haqda 12 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Norma.uz.

Hozirda billingga Toshkent, Toshkent va Xorazm viloyati ulangan, dedi «Kommunxizmat» dasturchisi Abdug‘ani Abduraimov. 1 iyul kuni Surxondaryo viloyatini ulash yakunlandi, 2017 yil oxirigacha esa barcha hududlarni ulash rejalashtirilgan.

Yagona billing tizimini joriy etish ishlari yakunlanganidan so‘ng barcha kommunal xizmatlar bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiyalashgan onlayn xizmat ham ishga tushadi.

U kommunal to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish, kommunal to‘lovlarni boshqarish, hisoblagichlar ko‘rsatkichlari hisobini yuritish, kvitansiyalar nusxasini olish va bank kartalari yordamida xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.