13-may kuni Toshkentda “Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod” velopoygasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Jahon oila kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Velosport federatsiyasi.

Tur barcha xohlovchilar uchun ochiq (o‘z velosipedi bilan kelishi lozim). Qatnashchilar 7:00 dan 9:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi. Ishtirokchilar yonida pasporti nusxasi bo‘lishi lozim. Har bir ishtirokchiga individual raqam beriladi.

Start va ro‘yxatga olish joyi — Abdulla Qodiriy ko‘chasida Bank-moliya akademiyasining orqa tomoni.

Velopoyga Abdulla Qodiriy va Hamidulla Oripov ko‘chalari chorrahasida 10:00 da boshlanadi. Yo‘nalish masofasi 5 km bo‘lib, Abdulla Qodiriy ko‘chasi oxiriga borib, start nuqtasiga qaytiladi.

Kattalashtirish uchun bosing.

Musobaqa uch yosh toifasida o‘tkaziladi: 18−30 yosh, 31−45 va 45 yoshdan. Taqdirlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston estradasi vakillari, raqs guruhlari va artistlar ishtirokida musiqali dastur taqdim etiladi.