21−28 aprel kunlari havo haroratining +30…+32 darajagacha ko‘tarilishi natijasida ko‘pgina tog‘ daryolarida suv hajmning ortishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Sel oqimlarining kelishi, qirg‘oqlarning o‘pirilishi hamda daryolar o‘zanlariga tutash hududlarning suv ostida qolishi ehtimoli mavjud.

O‘zbekistonning 2200 metrdan baland tog‘li hududlarida mazkur mavsumda ko‘chki sodir bo‘lishi mumkin.

Uch kunlik ob-havo ma’lumoti