O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6−7-mart kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida xabar qilindi.

Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston — Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.