O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ayollar tennisida eng uzoq davom etgan tay-brek ishtirokchisiga aylandi. Mazkur natija Moskvada 20−26 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan ITF turnirida qayd etildi.

Tay-breyk — hisob 6:6 bo‘lganida g‘olibni aniqlash uchun beriladigan qo‘shimcha geym. 2 ochko farqi bilan kim 7 ochko to‘plasa, g‘olib sanaladi. Tay-brek o‘rtadagi farq 2 ochkoga yetmagunga qadar davom etaveradi.

Seshanba kuni musobaqaning birinchi raundida Oqgul Omonmurodova (jahon reytingida 367-o‘rin) germaniyalik Anna Sayaga (306) qarshi o‘ynadi. 3 soatu 21 daqiqa davom etgan uchrashuvning ikkinchi partiyasida u raqibini 7/6(22/20) hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq uch set yakuniga ko‘ra u 2:1 — 6/4, 6/7(20/22), 7/6(7/4) hisobida Germaniya vakilasiga imkoniyatni boy berdi.

Avvalgi rekord 1999 yilda amerikalik Taroy Snayder va shveysariyalik Emmanuel Galyardi tomonidan o‘rnatilgan. Snayder tay-breykda 21/19 hisobida g‘alaba qozongan.