GM Uzbekistan 25-yanvardan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni boshlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston-Amerika QK matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

"2017-yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston rahbariyati aholi hamda tadbirkorlar duch kelayotgan mavjud muammolarni hal etish vazifasini qo‘ydi", — deya qayd etadi kompaniya.

So‘rovnoma 3-fevralga qadar davom etadi. So‘rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalar tahlil etilib, GM Uzbekistan faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha reja-dastur qabul qilinadi. Hukumat darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqish uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi.

GM Uzbekistan barchani mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etish hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni quyidagi so‘rovnoma orqali kiritishini so‘raydi:

o‘zbek tilida;

rus tilida.