Oliy Majlis palatalarining 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taqdim etdi.

Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan faoliyat dasturini bilan so‘zga chiqdi.

Deputat va senatorlar mamlakat rahbari tomonidan taqdim etilgan nomzodni tasdiqlashni yoqlab so‘zga chiqdi.

Shundan so‘ng Senat va Qonunchilik palatasi Abdulla Oripovni O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Abdulla Aripov (1961-yilda tug‘ilgan) Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyevning sentyabrdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan edi.

Ungacha 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002-yil mayidan 2012-yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning o‘zida 2005−2009-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.