Mavsum tugashiga bir tur qolganida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

28-tur yakunlanganidan so‘ng “temiryo‘lchilar” 68, ularning eng yaqin ta’qibchisi “Bunyodkor” esa 62 ochko jamg‘ardi. Biroq “Bunyodkor” Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan kechgan so‘nggi o‘yinda durang o‘ynab (1:1) Oliy ligada g‘olib chiqish imkonini qo‘ldan boy berdi.

18-noyabr kuni bosh murabbiy Andrey Miklyayev boshchiligidagi jamoa “Metallurg"ni yirik — 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Lokomotiv” 2002-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar jamoa uch marta O‘zbekiston vitse-chempioni bo‘lib, bir martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan.