Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida payshanba kuni O‘zbekistonda Rossiya kunlarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ochilish marosimida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Fotih Jalolov, RF elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqalar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tarix sinovidan o‘tgan, ishonchli hamkorlik tamoyillariga asoslanishini ta’kidladi.

Rossiya kunlari “Oltin kuz” xalqaro san’at festivali doirasida o‘tkazilmoqda. Tadbir “Terema” rus xalq cholg‘ulari yoshlar orkestri konserti bilan boshlandi. Shuningdek, “Rossiya qalbi” deb nomlangan bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, “Rossiya qalbi” bolalar suratlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Madaniyat va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya delegatsiyasi tarkibidan 80 nafarga yaqin kishi o‘rin olgan. 20-noyabr kuni Davlat konservatoriyasida Rossiya musiqachilarining konserti bo‘lib o‘tadi.