O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi ishonchli g‘alabasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston rahbari AQSH bilan strategik sherikchilik munosabatlarining barqaror rivojlanayotganligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga sog‘lik-salomatlik va mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun AQSH xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik va taraqqiyot tiladi.