21 25-sentyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, delegatsiyaning Nyu-York shahriga tashrifi dasturidan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvida nutq so‘zlash hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘rin olgan.