«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Kecha, 12:12

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?
24 iyul 2024, 12:04

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga to‘ldi. Davlat rahbari matbuot kotibining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.

Tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga beriladi
19 iyul 2024, 22:58

Tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga beriladi

Prezident daromadi past hududlarda kredit, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini o‘rganishni buyurdi, shuningdek, rejani bajarish uchun biznesni qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashga majburlayotgan mas’ullarni tanqid qildi. Endi imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi
19 iyul 2024, 12:58

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”
18 iyul 2024, 17:52

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.

Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi
18 iyul 2024, 17:31

Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida O‘zbekiston hamkorligida Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov shu va boshqa qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi
18 iyul 2024, 02:00

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.

Tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ko‘paytirishga hisobdor bo‘ladi
17 iyul 2024, 17:28

Tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ko‘paytirishga hisobdor bo‘ladi

Prezident bundan buyon tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. Qolaversa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlarining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tajribasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun kreditlarni to‘lash muddati yana uzaytirildi
17 iyul 2024, 14:45

Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun kreditlarni to‘lash muddati yana uzaytirildi

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlariga 6 trln so‘m zarar yetgan. O‘tgan avgustda ularning qarzlarini to‘lash muddati bir yilga uzaytirilgandi. Prezident kredit to‘lash muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi
16 iyul 2024, 16:06

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi
14 iyul 2024, 13:15

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Farg‘ona viloyatida rahbarlar har kuni 5 nafar tadbirkorni qabul qiladi
12 iyul 2024, 13:38

Farg‘ona viloyatida rahbarlar har kuni 5 nafar tadbirkorni qabul qiladi

Farg‘ona viloyatida rahbarlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi, dedi prezident Quvadagi yig‘ilishda. Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman va shahar hokimlari har kuni 5 nafar tadbirkor va investorni qabul qilib, ularning muammolarini hal etadi.

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi
11 iyul 2024, 22:24

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi

Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi
11 iyul 2024, 19:16

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi

Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi
11 iyul 2024, 17:12

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor.

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)
11 iyul 2024, 13:04

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)

Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi
11 iyul 2024, 10:38

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi

Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi
10 iyul 2024, 15:52

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi

Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlarni qamrab olish imkonini beruvchi konsolidatsiyalashgan budjet auditini o‘tkazishni taklif etmoqda.

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi
9 iyul 2024, 18:03

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi

O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi
8 iyul 2024, 19:18

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting