«ijaraga yer» tegli maqolalar


12 sentabr 2022, 12:08

O‘zbekistonda aholiga dehqonchilik uchun yerlar 30 yilga ijaraga beriladi

Prezident qarori bilan aholiga dehqonchilik uchun ekin maydonlari 30 yilga ijaraga beriladi. Ijaraga berish ochiq elektron tanlov orqali o‘tkaziladi. Unda bir nafar talabgor ishtirok etsa ham, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

2 iyun 2022, 12:11

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan yer uchastkalari Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. Yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun auksion orqali 5 yilga ijaraga beriladi. Shuningdek, «Do‘stlik-Qo‘yliq» yer usti metro yo‘nalishi 1−5 bekatlari oralig‘ida sayilgohlar tashkil etiladi.

24 noyabr 2021, 18:47

Dehqonchilik uchun 1 gektargacha yer va imtiyozli kredit ajratiladi

Prezident qarori asosida paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar yer dehqonchilik uchun ajratiladi. Bunda elektron tanlov orqali 1 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari ijaraga beriladi. Qolaversa, fermer va dehqonlar 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ham olishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting