“Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’molining sutkalik me’yori 6,6 kVt/soat etib belgilangani, undan ko‘prog‘i uchun tariflar oshgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqdagi ma’lumot Facebook`dagi “Potrebitel.Uz” guruhida paydo bo‘ldi, shundan so‘ng u ba’zi OAV tomonidan qayta chop etildi.

Ushbu xabarlar mutlaqo asossiz, biz yangiliklar kanallari adminlaridan bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz, deya ta’kidladi kompaniya.

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab elektr va gaz uchun tariflar oshirildi, energiya iste’moli uchun ijtimoiy normalar joriy etildi. Elektr energiyasi uchun bu oyiga 200 kVt/soat. Ijtimoiy norma doirasida 1 kVt/soat narxi 450 so‘m bo‘lsa, bundan ortig‘iga tarif ko‘tariladi (masalan, keyingi 100 kVt/soat — 900 so‘m).