Telegram messenjerida global nosozlik yuz berdi. Keng tarqalgan uzilishlar sababi hozircha e’lon qilinmadi.

Foydalanuvchilar xabar jo‘natishda muammolarga duch keldi, kanallardagi ma’lumotlar esa yangilanmadi, deya ishonch hosil qildi “Gazeta.uz” muxbiri.

Xizmatning mobil va veb-versiyalarida nosozliklar kuzatildi.

telegram, nosozlik

Downdetector xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, messenjer ishidagi muammolar haqida xabarlar soat 23:00 dan keyin kela boshlagan, soat 01:00 atrofida messenjer yana ishlay boshlagan.

Muammolar nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiya, Ukraina, AQSh, Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qayd etilgan. Foydalanuvchilar (73 foiz) asosan Telegram`ga ulanish imkoni yo‘qligidan shikoyat qilgan.

Telegram O‘zbekistondagi asosiy messenjerlardan biridir. Mamlakatdagi internet foydalanuvchilarining 80 foizidan ortig‘i u orqali muloqot qiladi, bu taxminan 30,6 mln foydalanuvchini tashkil etadi (2023-yil iyun holatiga ko‘ra).