08-iyun kuni soat 11:45 atrofida Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashinada yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi.

Qayd etilishicha, holat Makat tumani hududidan o‘tuvchi Atirau-Aktobe avtomobil yo‘lining 31-kilometrida sodir bo‘lgan. Lada Largus mashinasi Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Yong‘in soat 12:50 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Avtomobil ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi jaroxat olmagan, qolgan 2 ta yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau viloyat kasalxonasiga yotqizilgan.

“Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Ushbu holat bosh konsulxona nazoratiga olingan”, — deyiladi xabarda.