Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Captiva urib yuborishi oqibatida 1985-yilda tug‘ilgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

YTH 8-iyunga o‘tar kechasi Sultonali Mashhadiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobil to‘qnashgan piyoda halok bo‘lgan.

IIBB matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, haydovchi mast holatda bo‘lgan, erkak esa do‘kon yonida o‘tirgan.

Mazkur holat yuzasidan poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.