Von Do Yon Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Juma kuni u tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Tayinlov Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekistonga tashrifi arafasida amalga oshirildi. U 13−15-iyun kunlari mamlakatda bo‘ladi.

Vazir va elchi o‘rtasidagi suhbatda ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak sammiti, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mamlakatlar o‘rtasidagi “an'anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish” masalalari muhokama qilindi, deyiladi vazirning Telegram`dagi kanalida.

2022-yilning martidan joriy yilning martigacha Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchisi Kim Xi-sang bo‘lgan.