Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida katta tezlikda harakatlangan haydovchi halok bo‘ldi, deb xabar beriladi Hudud informatsion dasturi syujetida.

Cobalt haydovchisi (1993 y. t.) 4R-182 To‘rtko‘l-Bo‘ston yo‘nalishi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda mashina yo‘l chetidagi pastlikka qulagan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.