Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ANORBANK madaniy transformatsiya loyihasi bilan “Mintaqa” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Agar siz dunyo o‘zgarishini istasangiz, o‘zingiz o‘zgaring”, — deyiladi loyiha shiorida. Uning asosiy g‘oyasi kompaniyadagi korporativ madaniyatni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lib, u orqali bank missiyasi hamda uning qadriyatlarini yangilash ko‘zda tutilgan.

anorbank, реклама

“Bankimizda qadriyatlar shunchaki quruq so‘z emas, balki korporativ madaniyatimizni belgilaydigan haqiqiy tamoyillardir. Qadriyatlarimizni tuzishda biz mijozlarimiz va xodimlarimizga biz bilan muloqot qilishdan qanday natijalar kutishlari mumkinligini tushunishlarini xohladik; xodimlar uchun qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirdik, shuningdek, nomzodlarni tanlash jarayonida o‘rnak olsa bo‘ladigan tashkilot bo‘lishga harakat qildik”, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ANORBANK kadrlar bo‘limi direktori Onajon Jumaniyozova.

anorbank, реклама

“Markaziy Osiyo HR brendi” mukofoti — ish beruvchilar orasida mashhur va nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, u orqali kadrlar bilan ishlash sohasidagi ilg‘or loyihalar e’tirof etiladi. “Mintaqa” nominatsiyasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston shaharlarida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar alohida ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

anorbank, реклама

“11 yil davomida „Markaziy Osiyo HR brendi“ mukofoti muhim xalqaro tadbir sifatida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Yildan yilga biz ishtirokchilar loyihalari sifatining sezilarli darajada o‘sishi hamda yangi g‘oyalar va tendensiyalarning paydo bo‘lishini ko‘rmoqdamiz. Ko‘p vaqt talab qiluvchi jarayonlar o‘rnini innovatsion yechimlar egallamoqda, texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Shu bois raqamli davrning chaqiruvlariga tayyor bo‘lish kerak. Ijodkorlik va moslashuvchanlik ishtirokchilar loyihalarida tobora ko‘proq e’tiborga olinadigan xususiyatlarga aylanib bormoqda”, — ta’kidladi HeadHunter brend markazi direktori Nina Osovitskaya.

anorbank, реклама


ANORBANK birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hamda O‘zbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bo‘lib, u mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini o‘zida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.

ANORBANK`ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan.

Telefon: 1290.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.