Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga kelgach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.

владимир путин, шавкат мирзиёев, янги ўзбекистон боғи

O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vladimir Putin Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

владимир путин, шавкат мирзиёев, янги ўзбекистон боғи

Majmua bo‘ylab qisqa ekskursiya davomida Rossiya prezidentiga ushbu me’moriy ansamblning mazmuni va xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

владимир путин, шавкат мирзиёев, янги ўзбекистон боғи

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Yangi Toshkent va Olimpiya shaharchasi qurilishi loyihasi haqida ham gapirib berdi.

владимир путин, шавкат мирзиёев, янги ўзбекистон боғи

Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Dushanba kuni asosiy muzokaralar va tadbirlar rejalashtirilgan.