Yakshanba kuni Toshkentdagi Ekoparkda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida “Biz turlimiz. Biz tengmiz” shiori ostida marafon o‘tkazildi. Tadbir Sport vazirligi, bolalar ombudsmani, “O‘zbekiston maxsus olimpiadasi” jamoat birlashmasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va Korzinka supermarketlar tarmog‘i hamkorligida tashkil etildi.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan poygada 110 nafar, jumladan, 60 nafar imkoniyati cheklangan bola ishtirok etdi. Marafonning maqsadi nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyalarga barham berish hamda barcha sohalarda inklyuzivlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlash hisoblanadi.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

Dalillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olishni ta’minlashdagi eng katta muammo ularning huquqlaridan xabardor emasligi bilan bog‘liq. Oqibatda bu nogironligi bor shaxslar haqidagi keskin tasavvurlarga, shuningdek, jamiyatning barcha sohalarida stigma va diskriminatsiyalarga olib keladi, deydi YUNICYeF.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

“Ushbu marafon imkoniyati cheklangan bolalar bir xil huquqqa ega ekani, ular teng imkoniyatlarga egaligi, inklyuzivlik zarurligini namoyish etishga qaratilgan”, — deydi bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

“Nogironligi bo‘lgan bolalar haqida gap ketsa, bu xayriya emas, balki ular biz ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar va, albatta, konstitutsiyaviy kafolatlarga muvofiq huquqlarning egasidir. Biz ularning huquqlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga mas’ulmiz”, — dedi u.

2019-yilda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ahvoli tahlili shuni ko‘rsatganki, jamiyatning faqat kichik bir qismigina nogironligi bo‘lgan odamlar bilan muntazam muloqotda bo‘lgan va ular buni asosan achinish hissi bilan amalga oshirgan. фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

Sport vazirligi va boshqa tadbir hamkorlari vakillari inklyuzivlik kabi rivojlanish intilishlarini ragg‘batlantirishda sport muhim ekanini ta’kidladi.

“Sport nafaqat jismoniy salomatlik, balki bolalarni tarbiyalash va kamol toptirishning qudratli vositasidir. Yosh avlod uchun porloq kelajak yaratishga intilishda sport muhim rol o‘ynaydi, chunki u orqali biz nafaqat sport mahoratini, balki hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan kuch, qat’iyat va jamoaviy ruh qadriyatlarini ham rivojlantiramiz”, — dedi sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

“O‘zbekiston maxsus olimpiadasi” vitse-prezidenti jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun sportning afzalliklari yaqqol ko‘rinib turganini alohida ta’kidladi.

U barcha ota-onalar va vasiylarni o‘z farzandlarini rivojlantirish va yangi do‘stlar orttirishga yordam beradigan sport dasturlariga jalb qilish haqida o‘ylashga undadi.

фото, юнисеф, nogironligi bo‘lgan bolalar

“Sport bolalarni birlashtiradigan kuchli vosita bo‘lib, u ularga tegishlilik tuyg‘usini uyg‘otadi va bolalarni o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga undashi mumkin”, — dedi YUNICYeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba.

Imkoniyati cheklangan shaxslarni qamrab olish har bir sohaning jamoaviy mas’uliyati, — deydi Korzinka tarmog‘i kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov. “Biz inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlaymiz va muvaffaqiyatli jamoalar inklyuziv jamoalar ekanini aytamiz”, — dedi u.