Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda
atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi hamda nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha farmon imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Energetika vazirligi tuzilmasidan Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tayotgan Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda.

atom energiyasi agentligi, ўзatom, yadro энyerгетикаси, yadro energetikasini rivojlantirish agentligi

Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Prezident qarori bilan agentlik va uning tuzilmasidagi tashkilotlarga loyihalar konsepsiyasi, parametrlari va shartlarini ishlab chiqishda zarur xizmatlar, jumladan, marketing, muhandislik va boshqa xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, ular xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etishi (ustav kapitalida ishtirok etishi) va ushbu kompaniyalar bilan bevosita shartnomalar tuzishi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori maqomi vazirning birinchi o‘rinbosariga (undan oldin — vazirga) tenglashtiriladi.

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi Атом energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantirilmoqda. 2018-yildan boshlab jamg‘arma kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tabiiy uran eksportiga sotishdan tushgan mablag‘larning 10 foizigacha ajratmalar olgan. Ushbu amaliyot 2021-yil oxirida bekor qilingan, ammo endi jamg‘arma yana “Navoiyuran”ning yillik foydasi bo‘yicha hisoblangan dividendlarning 5 foizini oladi.

Endilikda jamg‘arma xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarni ham olishi mumkin bo‘ladi.

Jamg‘arma mablag‘lari agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning ish haqi, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Agentlik direktoriga atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilm-fan va ta’lim muassasalari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi yetakchi xalqaro va chet el kompaniyalari mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan jalb etish huquqi beriladi.

Shuningdek, yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni ishga yollash, shuningdek, ularning ish haqini agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan milliy yoki chet el valyutasida (xorijdagi hisob raqamlariga o‘tkazgan holda) to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif kozffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi.