O‘zbekistonlik iqtisodchi Botir Qobilov AQShning Garvard biznes maktabida (Garvard universiteti tarkibida) fan doktori darajasini oldi va bu bilan u mazkur maktabda doktorlik darajasini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Ilgari Botir Qobilov Garvard huquq maktabining korporativ boshqaruv dasturida empirik huquq va moliya sohasida doktorant va tadqiqotchi sifatida ishlagan.

Garvardga borishdan oldin u AQShning Dyuk universitetida iqtisod bo‘yicha magistr va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bakalavr darajasini olgan. Dastlabki faoliyatida O‘zbekiston Markaziy bankida bosh iqtisodchi bo‘lib ishlagan.

ботир қобилов, gaрvaрд, gaрvaрд biznes мактаби

Botir Qobilovning ilmiy qiziqishlari yangi texnologiyalar va yangi axborot manbalarining moliyaviy hisobotlarga ta’siri, huquqni muhofaza qilish, me’yoriy hujjatlarga rioya etish, investorlar bilan muloqot va qarorlar qabul qilish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Botir Qobilovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, doktorlik dissertatsiyasining mavzusi — “Axborotlarning va ma’lumotlarning moliyaviy bozorda va iqtisodiyotda o‘rni”.

Kelgusi rejalari haqida aytarkan, u Texas shtati universitetida professor sifatida ishlashni davom ettirmoqchi ekanini bildirdi.

Botir Qobilov “Gazeta.uz” kolumnisti sifatida iqtisodiyot, ekologiya, kutubxonalar, istirohat bog‘lari, jamoat transporti, oliy ta’lim va boshqa mavzularda 10 dan ortiq maqola yozgan. Ularni ushbu havolada topish mumkin.