Jizzax shahrida 23-may kuni tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.

YTH soat 8:30 lar atrofida Sharof Rashidov ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1976-yilda tug‘ilgan ayol yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotganda so‘nggi yo‘lakchadan tezlikda kelayotgan tez yordam mashinasi urib ketgan.

Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlar bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.