Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda maktab o‘qituvchisi 2 nafar o‘quvchini dars xonasida kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganini ma’lum qildi.

O‘rganish davomida voqea 2024-yilning 23-may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 6-sinf o‘quvchilariga geografiya fani dars mashg‘uloti o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgani aniqlandi.

O‘qituvchi mazkur sinfning 2 nafar o‘quvchisiga o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun tanbeh berib, ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shu voqeadan keyin o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan va ishdan bo‘shatilgan.