«o‘qituvchi» tegli maqolalar


Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi
16 aprel 2024, 15:05

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va “samorez” sanchgani aytilmoqda. Holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan buyon takrorlanib kelgan. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va o‘qituvchi ishdan olinganini bildirdi.

Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari va o‘quvchi bir-birini kaltakladi
26 fevral 2024, 09:56

Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari va o‘quvchi bir-birini kaltakladi

Shahrisabz shahridagi 1-maktabda direktor o‘rinbosari va 10-sinf o‘quvchisi bir-birini kaltakladi. Voqeaga o‘quvchilarning dars paytida qor o‘ynagani va buning ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Ularning ikkisi ham shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
18 fevral 2024, 10:04

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShdan 25 nafar o‘qituvchi keldi
13 sentabr 2023, 11:55

Ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShdan 25 nafar o‘qituvchi keldi

AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.

«Direktor ishdan bo‘shashga majburladi». O‘quvchini kaltaklagan pedagog haqiqatlari
12 mart 2023, 17:07

«Direktor ishdan bo‘shashga majburladi». O‘quvchini kaltaklagan pedagog haqiqatlari

Toshkentdagi 152-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» pedagog Gulchehra Mamajonovaga mikrofon tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktorning unga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan va ishdan bo‘shatishga uringan. Direktor esa intervyu berishdan bosh tortdi.

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi
11 mart 2023, 14:56

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi
2 mart 2023, 17:12

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi
28 yanvar 2023, 13:25

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi

Qo‘mqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisining kartasidan 1,5 mln so‘m yechib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi
16 noyabr 2022, 15:42

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi

Buxoro shahridagi 4-maktabda dars vaqtida sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan bo‘shatildi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Buxoro maktablaridan birida o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklagani holati tergov qilinmoqda
15 noyabr 2022, 20:10

Buxoro maktablaridan birida o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklagani holati tergov qilinmoqda

Buxoro viloyati xalq ta’limi va ichki ishlar boshqarmalari Buxorodagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda.

Andijonda o‘quvchilarga viloyat hokimi savollariga «shukronalik hissi bilan javob berish» buyurildi
3 noyabr 2022, 10:35

Andijonda o‘quvchilarga viloyat hokimi savollariga «shukronalik hissi bilan javob berish» buyurildi

Jalaquduq tumanidagi maktabda «Hokim va yoshlar» uchrashuvida ustozlardan o‘quvchilari hokim savollariga «shukronalik hissi bilan javob berishi» so‘ralgan xabar tarqaldi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan bunday narsalarni talab qilmaslikni so‘radi. Tuman hokimligi esa bunday topshiriq berilmaganini aytdi.

Surxondaryoda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
16 may 2022, 11:20

Surxondaryoda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoning Bandixon tumanidagi 4-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi darsga tayyorlanmay kelgan o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. XTV esa o‘quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoraladi.

O‘z fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi
12 may 2022, 15:19

O‘z fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, maktablarda xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga 50%, milliy test tizimida olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarga 20% ustama to‘lanadi. Kutubxona hodimlarining oyligi esa 1,2 baravarga oshiriladi. Qolaversa, 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy etiladi.

Maktablarda kasbga o‘qitish tizimi joriy etiladi
14 iyul 2020, 22:23

Maktablarda kasbga o‘qitish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda maktablarda kasbga o‘qitish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020−2021 o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting