Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik bahslarda 2 ta medal bilan yakunladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jamoa a’zosi Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bungacha Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medal olgandi.

Alisher Yusupov uchinchi o‘rin uchun bahsda 2022-yilgi jahon chempioni kubalik Endi Grandani mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi bor bronza medal oldi.

U jahon chempionatidagi ilk medalini 2023-yil Dohada o‘tgan musobaqada qo‘lga kiritgandi.