2024-yilning 27, 28-may kunlari 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar qildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
  • 776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.

Avvalroq 31-may, 1−2-iyun kunlari ham Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingandi.