Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Nodirbek Sayfullayev 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktor o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan. U 2019-yilning fevralidan 2022-yil yanvarigacha Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektorlik qilgan.

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar Prezident administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.